Спросить
Войти

BO’LAJAK MUSIQA TA’LIMI O’QITUVCHILARINI XOR – DIRIJORLIGI FAOLIYATIGA TAYYORLASH ORQALI KASBIY KOMPETENTLILIGINI SHAKLLANTIRISH

Автор: Xo’Jamurodova K.

&Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

BO’LAJAK MUSIQA TA’LIMI O’QITUVCHILARINI XOR -DIRIJORLIGI FAOLIYATIGA TAYYORLASH ORQALI KASBIY KOMPETENTLILIGINI SHAKLLANTIRISH

Xo’jamurodova K.

Urgut tuman 37-maktab

Annotatsiya: Maqolada bo’lg’usi musiqa o’qituvchilarini xor dirijorligi faoliyatiga tayyorlashning nazariy va amaliy asoslari yoritib berilgan. Shu bilan birga oliy pedagogik ta’limda musiqa o’qituvchilarini maktab musiqa o’qituvchisi amaliy faoliyatiga tayyorlash bo ’yicha ularning egallashi lozim bo’lgan zarur bilim, ko’nikma, malakalari haqidagi tushunchalar o ’z ifodasini topgan.

Kalit so’zlar: Musiqa, xor, xor ijrochiligi, xor rahbari, xor dirijorligi, musiqa darsi, jamoa bo’lib kuylash, bo’lg’usi musiqa o’qituvchisi.

FORMATION OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE MUSIC EDUCATION TEACHERS BY PREPARING THEM FOR CHORAL

CONDUCTING

K.Khojamurodova 37th school of Urgut district

Abstract: This article covers the theoretical and practical foundations for the preparation of future music teachers for the chorus work. At the same time, in the higher pedagogical education, music teachers have been taught the necessary knowledge, skills and skills that they need to master to prepare them for the practical work of the school music teacher.

Umuminsoniy qadriyatlar mushtarakligida Respublikamizda o’sib kelayotgan yoshlarning madaniy, ma’naviy va estetik komolotiga erishishi asosiy o’rin tutadi. Barkamol avlodni tarbiyalash vazifalari aynan ularni badiiy tafakkuri, estetik didi, madaniy saviyasini birinchi navbatda shakllantirishni talab etadi bu vazifani amalga oshirmasdan turib, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy sohalardagi taraqqiyotni to’la-to’kis ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Zamon talablarga har tomonlama javob beradigan yuqori malakali kadrlar va ularning kasbiy kompetentliligi asosida olib borayotgan pedagogik faoliyatida barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish jamiyatimizning eng oliy maqsadidir.

г<м

92

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

&Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

“Farzandlarimizni mustaqil fikrlovchi, zamonaviy va kasb-hunarni egallagan, mustahkam hayot nazariyasiga ega chinakam vatanparvar insonlar sifatida tarbiyalash biz uchun dolzarb ahamiyatga ega bo’lgan masala hisoblanadi”1. Mustaqil fikrlovchi, zamonaviy bilimlarni egallagan, mustahkam hayot nazariyasiga ega chinakam vatanparvar avlodni tarbiyalash birinchi navbatada oliy ta’lim muassasalarida tayyorlanayotgan pedagog-kadrlarni kasbiy faoliyatga har jihatdan tayyor bo’lishlarini taqozo etadi.

Oliy ta’limda bo’lajak musiqa ta’limi o’qituvchilarining kasbiy kompetentliligini takomillashtirish zarurati bir qator ijtimoiy, iqtisodiy, psixologik va pedagogik omillar bilan belgilanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, bo’lajak musiqa ta’limi o’qituvchilarining kasbiy kompetentliligini tashkil etishda musiqa san’ati va pedagogikaning integratsiyalashuvi bo’lgan uning keljakdagi pedagogik faoliyati tarkibiy qismlarining butun majmuasi hali to’liq aks ettirilmagan. Shu tufayli oliy ta’limda bo’lajak musiqa o’qituvchisini tayyorlashtizimi juda murakkab bir qator ( musiqa pedagogikasi, amaliy va nazariy, uslubiy, dirijor, vokal-xor, cholg’u ijrochiligi bo’yicha ta’lim) komponentlarni o’z ichiga oladi. Shu bilan birga, pedagogik ilm-fanning zamonaviy darajasi bo’lgan bo’lajak musiqa ta’limi o’qituvchisining kasbiy tayyorgarlik jarayonining alohida jihatlarini o’rganish uchun integral yondoshuv zarur.

Pedagogik oliy ta’limda bo’lajak o’qituvchining kasbiy tayyorgarligini shakllantirish davlat va jamiyatning muhim vazifasidir. Bo’lajak musiqa ta’limi o’qituvchilarining kasbiy kompetentliligini shakllantirish mazmuni va texnologiyasi asosan aniq shartlar, talim mafkurasi, ustuvor ijtimoiy qadriyatlar bilan belgilanadi. Kasbiy tayyorgarlik haqida ham shunday deyish mumkin-ki, undagi o’zgarishlar, jamiyatning rivojlanishi, ta’lim tizimini rivojlantirayotgan sharoitlar bilan bog’liq.

Musiqa fanlari tuzilmasida “dirijorlik” va “xor va xorshunoslik” fanlari o’z o’rni va mavqiyega ega bo’lib, ularning nazariy va amaliy o’qitilishi asosida bo’lajak musiqa tailimi o’qituvchilarini pedagogik faoliyatga tayyorlashda muhim omil hisoblanadi. Musiqa ta’limi pedagoikasida xorshunoslik asoslari va dirijorlik fanidan chuqur bilim, nazariy va amaliy ijro ko’nikma, malakalarini egallash talab qilinadi. Bu esa bo’lajak musiqa o’qituvchisining maktab faoliyatiga tayyorgarligi jarayonida bir qator pedagogik omillarni puxta egallashi lozimligini belgilaydi.

Musiqa darslarida jamoa bo’lib qo’shiq kuylash darsning asosiy faoliyatlaridan bo’lib, jamoaviy ijrochilikka o’rgatish va ijroni boshqarishda o’qituvchi dirijor sifatida namoyon bo’ladi. Shunday ekan, xor rahbarining (o’qituvchining) kuylovchi xor bilan o’zaro muloqotida uning dirijorlik bo’yicha olgan bilimlari, malakaviy tayyorgarligi va amaliy harakatlari asosiy vosita bo’lib, xor jamoasini boshqarishda,

1 Mirziyoyev Sh. M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - T.: O’zbekiston, 2017yil-488-bet.
93

http://OAC.DSMI-QF.UZ

&Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

asar g’oyaviy-badiiy mazmunini ochishda, estetik ta’sirchanligini, emotsionalligini oshirish va ishtirokini to’laqonligini ta’minlashda, muallif ichki hissiy kechinmalarini ijrochi va tinglovchilarga yetkazishda muhim o’rin tutadi. Shu sabab bo’lajak musiqa o’qituvchilari “dirijorlik” fanini o’rganishga mas’uliyat bilan yondashishlari zarur.

Xor madaniyatining atoqli namoyondasi va pedagog K. A. Olxovning ta’biricha dirijorlik musiqaning harakat va imo-ishoralar tilida o’ziga xos tarjimasidir.

Dirijor musiqiy asarlarni o’ziga xos talqin qiladi, muayyan ovozlar ijrosini taqsimlaydi va ijro sifatini nazorat qiladi. O’z o’rnida dirijor - ham aktiyor, ham rejissior, ham xorni rahbari, ham tarbiyachidir.

Mashhur nems dirijori Oskar Frid shunday yozadi: “Eng nozik musiqiy taassurotlarni idrok etish uchun yurak bilan tug’ilish kerak, taassurotlarni g’oyalarga tadbiq etish uchun aqlni tarbiyalash, bu g’oyalarni o’z jamoasiga bera olishda mustahkam, yengil, plastik, egiluvchan qat’iyatli qo’lga ega bo’lishi zarur” [4].

Bugungi kunda tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, musiqa o’qituvchilarining xor-dirijorligi faoliyatiga tayorgarligi tizimi yetarli darajada barqarorlashmagan. Bunga sabab oliy ta’lim musiqa ta’limi yo’nalishlarining o’quv rejasida dirijorlik soatlari uchun yetarli soat ajratilmaganligi va kurslar bo’yicha dirijorlik bilim va malakalari yuzasidan ma’lumotlar o’tilishini chegaralanib qolganligi, musiqa pedagogikasi yo’nalishlarida faoliyat ko’rsatayotgan professor o’qituvchilar orasida xor-dirijor mutaxassislarining yetarli emasligidir.

Oliy pedagogika ta’lim muassasalaridagi xor dirijorligi sinfidagi mashg’ulotlarning maqsadi faqatgina savodxon musiqachi (xor rahbari) ni tayyorlash bo’lib qolmay balki, bolalar bilan ishlay oladigan vokal xor usullarini biladigan, bolalarni psixologik-fiziologik imkoniyatlarini yaxshi biladigan pedagogiklarni tayyorlashdir.

Bo’lajak o’qituvchilarni ushbu ko’nikma va malakalarni egallashlarida ularni dars mashg’ulotlardan tashqari o’z ustlarida mustaqil va muntazam ishlashlari ham katta ahamiyatga ega. Ilk mashg’ulotlar jarayonida dirijorlik texnikasini dirijorlik apparati bilan uyg’unlashtirishga tayyorgarlik amalga oshiriladi. Bu vaqtda ohangni taktlashtirish (taktirovka) ni o’rganishga kirishib, dirijorlik harakati elementlari o’rganiladi. Asosiy hissalar (siltash, intilish, nuqta, qaytarish) kabilar haqida nazariy va amaliy bilimlar egallanadi. Dirijorlik harakatlarining o’ziga xos xususiyatlari (tezlik, tebranish kengligi) shuningdek dirijorlik amplitudasi, davomiylik dinamikasi (ovoz kuchi), musiqa xarakteriga ko’ra harakatlarni salmoqlash, ijroni yo’naltirish, kabilar ustida ishlanadi. Dirijorlikka oid ma’lumotlarning ko’pligini ta’minlovchi harakatlarga mujassam bo’lgan ovozlarning qo’shimcha kompanentlari - metr, tezlik, xarakter, ritm, jo’shqinlik, ovoz boshlanishi, ovoz tugashi, dirijorlik ijrosining boshlang’ich uch asosiy elementi “ diqqat, nafas, ijroni boshlash” va ijroni tugashini ko’rsatish uni amaliy tarzda ko’rsatish, tushuntirish, harakat orqali metr o’lchovlarini

г<м

94

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

&Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

ifodalashdagi muhim xususiyatlar - shtrixlar “ligato”, “non ligato”, “stakatto” lami qo’l harakatlarida ko’rsatishi o’zlashtiriladi. Shundan so’ng 2/4 o’lchovidagi ritmik ko’rinishni sxemasi va unga monand bo’lgan qo’l harakatlarini ko’rgazmali, texnik vositalar va bevosita o’qituvchi yordamida o’rganiladi. Shundan so’ng 3/4, 4/4 o’lchamlarini o’zlashtirish, kichik mashq musiqiy parchalarni kuylab - dirijorlik qilish orqali o’zlashtiriladi. Musiqiy asarning o’rtacha jo’shqinligi, mo’tadil tezlik, nafas olish, uni sarflashni iboralar bilan ko’rsatish qo’l harakatining boshlang’ich chegarasi, tovush (kuchli) hissalarini ko’rsatish, qisqa vaqtni harakatchan nozik ohanglarning ishtirokini ifoda etish, maktab repertuarini va ularni xor jamoaga o’rgatish, ijroga dirijorlik qilish ishlari amalga oshiriladi [4].

O’ziga xos kompetensiyalarni o’zlashtirib bo’lib, keyingi bosqichda o’quv mashg’ulotlari mazmunini maktab repertuariga kiritilgan xor qo’shiqlarini dirijorlikka moslashtirish, bir vaqtning o’zida bir qo’l bilan ham ovoz partiyasini, ham fortepiano ijrosini boshqarish, asarlarning murakkabligini aniqlash, xor bilan ishlash, tayyorgarlik rejalarini ishlab chiqishga kirishiladi. Badiiy - musiqiy obrazli, musiqiy tili, bayon qilish usuli murakkab bo’lgan asarlar o’rganiladi. Shu bilan birga dirijorlik ijrosi mahoratini mukammallashtiruvchi musiqiy mazmunni gavdalantirishning murakkab usullarini egallash, ya’ni sust (sekin temp) tezlikdagi, yengil ovoz pauzasidagi fermatalar, ijrochilik vazifalari va turli uslubdagi asarlar o’rganiladi.

Bo’lajak musiqa o’qituvchisi maktab musiqa amaliyotiga kelgach, u darslarda munosib, ta’sirchan kayfiyat bera olishi bilan birga o’quvchilarga ularni o’rab turgan muhitdagi musiqa mazmunini to’g’ri baholashga o’rgatadi. Maktab o’qituvchisining musiqa tarbiyachisi sifatidagi o’quvchilar oldidagi badiiy texnik vazifasi o’quv materialiga maxsus (faoliyat turlari asosida) yondashishni talab etadi.

Xulosa qilib aytganda oliy ta’limning musiqa ta’limi yo’nalishlarida tahsil olayotgan bo’lajak musiqa ta’limi o’qituvchilari kelgusidagi pedagogik faoliyati jarayonida kasbiy kompetentliligini namoyish etishi uchun xor-dirijorligi sinfida olgan va o’zlari mustaqil o’rgangan dirijorlik mutaxassisligi bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalari alohida o’rinni egallaydi. Shuning uchun bo’lajak musiqa ta’limi o’qituvchilaridan xor-dirijorligi faoliyatiga puxta tayyorlanib, kasbiy faoliyatini boshlashali maqsadga muvofiqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Mirziyoyev Sh. M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - T.: O’zbekiston, 2017yil-488-bet
2. Арановская И.В. Эстетическое развитие будущего педагога-музыканта в современной системе высшего образования. — Автореф. дис. д-ра пед. наук. Волгоград, 2002. - 48с.

г<«г

95

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

&Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - (3) III/2020

ISSN 2181-063X

3. Qudratov I. Talabalar va bolalar ashula va xor jamoalarini tashkil qilish va ishlash metodikasi. - Toshkent, Fan va texnologiyalar nashriyoti 2006y. 126 b
4. Toshmatov E. Dirijorlik. -T.: O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008y.
96

HTTP://OAC.DSMI-QF.UZ

musiqa xor xor ijrochiligi xor rahbari xor dirijorligi musiqa darsi jamoa bo’lib kuylash bo’lg’usi musiqa o’qituvchisi music choir
Другие работы в данной теме:
Контакты
Обратная связь
support@uchimsya.com
Учимся
Общая информация
Разделы
Тесты