Спросить
Войти
Категория: Биология

KIMYO DARSLARIDA SOG’LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISH

Автор: To’Laboyeva Shoira Abdulhamidovna

KIMYO DARSLARIDA SOG&LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISH

To&laboyeva Shoira Abdulhamidovna Egamberdiyeva Zarifa Ahmadjanovna Namangan viloyati Chortoq tumani 9-o&rta ta&lim maktabi Abdurahmanova Muxtasarxon Fazlitdin qizi Namangan muhandislik-texnologiya instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada maktab o&quvchilari uchun kimyo fani darslari jarayonida suv va uning xususiyatlari hamda ahamiyatinini o&quvchilarga yetkazishda samarali va yangicha ta&lim metodlaridan foydalanish yoritib berilgan.

Kalit so&zlar: ko&nikma, bilim, malaka,kimyoviy birikmalar, tuzli eritmalar, Orol Dengizi, genofond, molekulyar massa.

FORMING A HEALTHY LIFESTYLE IN CHEMISTRY CLASSES

To&laboyeva Shoira Abdulhamidovna Egamberdiyeva Zarifa Ahmadjanovna School #9 of Chortok districs, Namangan region Abdurahmanova Muxtasarxon Fazlitdin qizi Namangan muhandislik-texnologiya instituti

Abstract: This article discusses the use of effective and innovative teaching methods in communicating water and its properties and importance to students in chemistry lessons for schoolchildren.

O&zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyingi yillarda barcha sohalarda tub islohotlar olib borilmoqda, shular qatorida ta&lim sohasida ham bir qator islohotlar amalga oshirildi. 1997 yil 29 avgustda "Ta&lim to&g&risida"gi qonunning qabul qilinishi mamlakatimizda ta&limga bo&lgan e&tiborni kuchaytirdi. "Ta&lim to&g&risida"gi qonunni asosida "Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 16 avgustdagi 390 sonli qarori bilan tasdiqlangan umumiy o&rta ta&limning davlat ta&lim standartlariga berilgan sharhlar aosida DTS bo&yicha o&quvchilar o&zlashtirishlari lozim bo&lgan bilim, ko&nikma, malakalari bir biridan ajratildi va sinflar kesimida alohida alohida belgilab qo&yildi. Bugungi kunda ta&lim sohasida amalgam oshirilayotgan islohotlarning negizida maktablarni malakali pedagoglar bilan

ta&minlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning samarali tizimini takomillashtirish ta&lim sifatini oshirish yotadi.

Yoshlarni kasb yo&naltirish kimyo fanini o&rganishda uning asosiy bilimlarini egallash maqsadida o&qituvchi izlanadi. O&quvchilarni fanga qiziqtirish hamda maktab dasturida berilgan mavzularni ongli ravishda o&rgatish uchun har xil usullar qo&llanilmoqda (masalan: BBB, Aqliy hujum , Svetafor va boshqalar ).

Ona zaminimizga inson faoliyatining ta&siri uning tanib bo&lmas darajada o&zgarib borishiga sabab bo&lmoqda. Insonning ho&jalik faoliyati tabiat uchun zararli bo&lib so&ngi yillar davomida ko&plab o&simlik va hayvon turlarining yo&qolib ketishiga sabab bo&ldi. Tuproqdagi tuzli eritmalar miqdorini oshirish ichimlik suvini kamayishi atmosferaga juda ham katta organik yoqilg&ining yondirilishi natijasida CO2 ning chiqishi o&rmonlarning ayovsiz kesilishi ohir oqibat insoniyatning o&ziga va uning avlodiga salbiy ta&sir ko&rsatmoqda.

Jumladan Orol va Orolbo&yi muammosini yechishdagi uchta asosiy yo&nalishlar ya&ni, birinchidan, ichimlik suvini quvurlar orqali aholiga yetkazib berish bilan hududning sanitar-epidemologik ahvolini yaxshilashga, shuningdek, yer osti chuchuk suvidan foydalanishga ham e&tibor qaratildi. Sogliqni saqlash va sanitariya xizmati darajasini keskin yuqoriga ko&tarish zarurligi uqtirildi; ikkinchidan, dengizning qurigan janubiy qirgoqlarida sun&iy damba qurib, delta eksosistemasini doimiy suvlashtirish yo&li bilan "Yashil kamar" hosil qilish; uchinchidan, dengizni o&zini saqlash. Uni saqlash uchun unga sistematik ravishda ko&p miqdorda suv yuborib turish kerakligi va bundan tashqari Orolni qurigan tubida saksovulzorlar barpo etish natijasida qum ko&chishi, chang ko&tarilishini oldini olinishi mutaxassislar tomonidan ta&kidlandi.

Bo&zko&l, Oltinko&l, Karatma bo&gozlari yo&q bo&lib ketdi, Okpetkin arxipelagi cho&lga aylandi, yaylovlar va pichanzorlar nobud bo&ldi.

Mavjud muammoni biron-bir davlat hal qila olmaydi. Uni hal etishda ko&pgina davlatlarning hamkorligi, ayniqsa, Markaziy Osiyo davlatlarining hamkorligi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Avvalo shuni ta&kidlash joizki, Orol dengizi muammolarini bartaraf etish masalasi o&z ko&lami jihatidan mazkur mintaqa davlatlari iqtisodiy imkoniyatlaridan yuqori turadi.

Respublikamizda Orol dengizi havzasining ekologik holatini soglom-lashtirishning bir necha yilga mo&ljallangan aniq harakat dasturiga asosan, Qorakalpogiston shaharlari, ko&pgina tuman markazlari, shuningdek, yirik qishloqlar ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta&minlandi. Qolaversa, respublikada o&rmon xo&jaligini rivojlantirishga, ko&chma qumlarni mustahkamlash choralarini ko&rishga qarshi Orolning qurigan tubida saksovulzorlar barpo etish uchun katta ahamiyat berilmoqda.

O&zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2004-yil 3-apreldagi 162-sonli "Orol bo&yi genofondini muhofaza qilish hayriya jamgarmasini tuzish haqida"gi qarori qabul qilindi. Unga ko&ra Orol bo&yi atrof-muhitini va aholi sogligini mustahkamlash va ekologik holatini yaxshilashga qaratilgan vazifalar belgilab berilgan.

Qoraqalpogiston Respublikasi hukumati, Qoraqalpogiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish Davlat qo&mitasi bilan BMTning Taraqqiyot Dasturi hamda Global Ekologik Jamg&armasining ko&magi bilan "Amudaryoning quyi qismi Qoraqalpogiston Respublikasida to&qay o&rmonlarini saqlab qolish va muhofaza qilinadigan hududlar tizimini mustahkamlash" bo&yicha o&rta miqyosli loyihasi ish olib bormoqda.

Shiori "Suv ajdodlardan qolgan meros emas balki avlodlarga berilgan qarzdir"

22 mart - Xalqaro suv resurslari va uni tejash kuni. Ushbu sananing bunday nomlanishi har bir kishining tabiat in&omlaridan oqilona foydalanish zarurligi, u ham boshqa ne&matlar kabi cheklab quyilgan zahira va bu ne&mat avlodlarga tugab qolishi va og&ir ahvolga tushib qolishi mumkin.

Suv molekulasi 2 atom vodorod va 1 atom kisloroddan iborat bo&lib suv molekulasida vodorod va kislorod atomlari 1:8 nisbatiga birikkan uning formulasi H2O bo&lib nisbiy molekulyar massasi

Mr (HO)= 1*2+16=18 m *a*b ga teng.

Toza holda rangsiz, xidsiz, ta&msiz suyuqlik bo&lib 100o C da qaynaydi 0o C da muzlaydi. Zichligi 1 ga teng. Suv katta issiqlik sig&imiga egaligidan sekin isib sekin soviydi. Suv ushbu xossasi tufayli iqlimni tartibga soluvchi modda hisoblanadi.

Suvga ta&rif: Suv sening ta&ming ham, hiding ham yuq seni ta&riflab bo&lmaydi sendan lazzatlaniladi, hayot uchun zarursan. Transport vositasiga o&xshatish mumkin chunki tuproqda erigan ionlarni va molekulalarni o&simlik tubidan yuqori va pastli to&qimalariga, hujayralatga g&amlaydigan a&zolariga olib chiqib, olib tushadi, ozuqa eritmasi ham deyish mumkin. Chunki fotosintez jarayonida paydo bo&lgan mineral tuzlar, qandlarni eritadi. O&simlikda turli yo&llar bilan harakat qiladigan barcha moddalarni parchalaydi. Suv konditsionerlik vazifasini ham bajaradi. O&simlikni oftob urishidan va 12 d s g&o&za bargida minut 50mg suv bug&lansa g&o&za bargining harorati 10o C ga pasayadi.

Yer yuzining 71 % okean va dengiz suvlari bilan qoplangan bo&lsada lekin ichimlik suvlari 2% ni tashkil etadi. Xalqaro bolalar tashkiloti YUNISEF ning ma&lumotlaruga ko&ra xar yili jahonda 4,5 million bola suvsizlikdan nobud bo&ladi. Suv molekulalari qizdirishga juda chidamlik lekin 1000° C dan yuqori haroratda suv bug&lari vodorod va kislorodga parchalana boshlaydi.

2 H2O =2H2+O2

faol metallar suv bilan ta&sirlashib uning tarkibidagi vodorodni ajratib chiqaradi.

2K + H2O- 2KOH+ H2

reaksion qobiliyati ancha katta metal va metalmas oksidlari suv bilan ta&sirlashganda asos va kislotalar hosil bo&ladi.

MgO+ H2O- Mg (OH)2 SO3+ H2O - H2SO4

Suvning anomal fizik xossalari hayotiy jarayonlarni ta&minlashda muhim ahamiyat kasb etadi agar suyuqlikdan qattiq holatga utishda suvning zichligi ham boshqa moddalarniki kabi o&zgarganda qish kelishi bilan suv yuzasi 0o C da muzlab tagiga cho&kar va o&rnini issiqroq qatlamga bo&shatib berar edi va bu qatlam ham muzlar edi. Bunday jarayon natijasida hayotning ko&plab shakllari yuqolib ketar edi lekin +4 o C da eng yuqori zichligiga ega bo&lganligi uchun bunday hodisa ro&y bermaydi. Kam zichlikka ega bo&lgan muz suv yuzasida qoladi pastki qatlamni muzlashdan saqlab turadi va sovuqdan himoya qiladi.

Suvning yuqori issiqlik sig&imiga ega ekanligi yerdagi hayot uchun foydali 1 gr iqdorini issitish uchun boshqa moddadan ko&proq energiya sarflash kerak ya&ni ma&lum miqdor issiqlik qabul qilgan suv boshqa suyuqliklarga qaraganda kamroq haroratda isiydi.

Yer quyoshdan oladigan energiyaning 1/3 qismi dunyo okeani va boshqa suv havzalaridagi suvni bug&latishga sarflaydi. Yer sharidagi barcha suvlar chuchuk va sho&r suvga bo&linadi. Sanoat uchun ikkisi ham muhim ahamiyatga ega. Asosan chuchuk suv bilan ishlashga ixtisoslashgan ishlab chiqarishda sovutishda, erituvchi muhit, tozalov vositasi kabi vazifalarni bajaradi.

Xulosa qilib aytganda, suv hayotimiz manbai, suvsiz hayotni tasavvur qilb bo&lmaydi daryo, ko&l va anhorlarimiz suvi tarkibida juda ko&p zararli moddalarni bo&lishi insonlar va kelgusi avlod uchun juda katta xavf tug&dirmoqda. Paxta yakka xokimligi davrida ko&plab paxtachilik xo&jaliklarining barpo etilishi Amudaryo va Sirdaryo suvlarining Orol dengiziga oqib boorish miqdorini pasaytirdi. Bugungi kun dolzarb mavzularidan biri bo&lib, dunyo jamoatchiligini tashvishga solib kelmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Xolmirzayeva Zohida. Metodik qo&llanma. Namangan nashri 2011.
2. Kritsman Stantso. "yosh ximik ensiklopediyasi". Toshkent nashri 1990. 291-300-bet.
ko’nikma bilim malaka kimyoviy birikmalar tuzli eritmalar orol dengizi genofond molekulyar massa skills knowledge
Другие работы в данной теме:
Контакты
Обратная связь
support@uchimsya.com
Учимся
Общая информация
Разделы
Тесты