Спросить
Войти
Категория: Биология

EKOLOGIYANING ZARARLANISHINI OLDINI OLISHDA BIOLOGIK KURASHNING O’RNI

Автор: Ahadova Munisa Asqaraliyevna

EKOLOGIYANING ZARARLANISHINI OLDINI OLISHDA BIOLOGIK

KURASHNING O&RNI

Ahadova Munisa Asqaraliyevna munisaahadova990831 @gmail.com Navoiy davlat pedagogika instituti

Annotatsiya: Maqolada ekologiyaning zararlanishini oldini olishda biologik kurashdan foydalanish. Zararkunanda hasharotlar va begona o&tlarga qarshi kurashda integrallashgan kurash metodlarini qo&llash haqida ma&lumot berilgan.

Kalit so&zlar: Ekologiya, hasharotlar, Integrallashgan metodlar, agrotexnik usul, qisqa ixtisoslashuv.

THE ROLE OF BIOLOGICAL CONTROL IN PREVENTING

ENVIRONMENTAL DAMAGE

Ahadova Munisa Asqaraliyevna munisaahadova990831 @gmail.com Navoiy State Pedagogical Instituti

Abstract: The use of biological control in the prevention of enviromental damage in the article. Information on the use of integrated control methods in the fight against pests and weeds.

Har bir tirik organizm o&zi yashab turgan muhitning bir qismi hisoblanib, uning hayot kechirishi o&sha muhitga bog&liq bo&ladi. Muhit o&zgarishi har bir organizmning yo ijobiy yoki salbiy tomonga o&zgarishi uchun omil vazifasini bajaradi. Shunday ekan hozirgi vaqtga kelib turli xildagi yuqumli, tuzalmas kasalliklarning kelib chiqishiga muhit omillarning o&zgarishi sabab bo&lmoqda. Ammo shuni takidlab o&tish kerakki, muhit omillari bizning tabiat ne&matlaridan oqilona foydalanmasligimiz natijasida buzilyapti. Hozirgi vaqtga kelib yuqumli kasalliklar avj olib rivojlanmoqda. Ularning tarqalishiga esa o&zimiz zamin yaratyapmiz. Yuqumli kasalliklar turli yo&llar bilan tarqalmoqda. Bunday tarqalish yo&llaridan biri hasharotlar yordamida tarqalishidir. Hasharotlarning tirik hayotdagi ahamiyati katta. Ular foydali va zararkunanda hasharotlarga bo&linadi. Hasharotlarning foydali xususiyati shundan iboratki, ular o&simliklar changlanishida,hayvonlarda ozuqa sifatida, bundan tashqari ayrim zararkunanda

hasharotlarga qarshi kurashda muhim ahamiyatga ega. Ma&lumki keyingi vaqtlarda texnikaning rivojlanishi xalq xo&jaligining ko&p tarmoqlarida kimyoviy mahsulotlardan keng foydalanish imkonini berib, tabiatdagi tirik organizmlarning rivojlanishiga salbiy ta&sir ko&rsatadi. Bu hol tabiiy muvozanatning buzilishiga olib keladi. Bu esa o&z navbatida foydali hasharotlarning kamayib zararkunandalarning ko&payishiga zamin yaratyapti. Respublikamizda har yili bir necha ming gektar paxta dalalarini zararli hasharotlar va begona o&tlardan tozalash maqsadida kimyoviy dorilar sepiladi. Bu jarayon foydali hasharotlarning qirilib ketishiga zararli hasharotlarning esa bu moddalarga qarshi moslanuvchanlik hosil qilishiga olib kelmoqda. Bundan tashqari bu moddalar odam orgnizmiga xam zararli ta&sir o&tkazmay qo&ymaydi. Xo&sh bunday zararlanishning oldini olish uchun nima qilish kerak? Avvalo zararkunanda hasharotlar va begona o&tlaga qarshi kurashda integrallashgan kurash metodini qo&llash kerak. Bunda ximiyaviy kurash usuli agrotexnik biologik metodlar bilan bog&lab o&tkazilishi lozim.

Hozirgi kunda70 dan ortiq mamlakatlarda oziq-ovqat muamolari yuzaga kelmoqda. Shuni inobatga olgan xolda biologik kurashning o&rni beqiyos ekanligini takidlab o&tish joizdir. Hozirgi kunda dunyo bo&ylab o&simliklarni himoya qilishda kimyoviy usullardan keng ko&lamda qo&llanilmoqda, bu esa bazi salbiy oqibatlarni yuzaga chiqarib bormoqda. Biologik kurashda esa shunday inson hayoti va salomatligi uchun xech qanday o&z ta&sirini o&tkazmaydi.

Biz hozirgi kunga kelib, ekologiya tang ahvolga kelgan bir zamonda turibmiz. Shuning uchun har birimiz har bir narsadan oqilona foydalanib tabiat ifloslanishini oldini olishimiz kerak. Eng avvalo oziq-ovqat mahsulotlarida zararkunandalarga qarshi kurashda biologik kurash usullarini kuchaytirishimiz kerak. Biolaboratoriyalarda foydali hasharotlarni ko&paytirish va ularni zararkunandalarga qarshi qo&llashni keng joriy qilish lozim. Biz har bir hasharotning foydali jihatlarini o&rganib, ularni biologik kurashda samarali qo&llashimiz kerak. Masalan bunga misol qilib Estoniyadagi chumolilar qo&riqxonasini keltirishimiz mumkin. Akst rayonining o&rmonlariga olib boruvchi yo&llarda harakatni taqiqlovchi belgilar qo&yilgan ko&pdan beri mahalliy aholi sariq rangli chumolilar daraxtlarni zararkunandalardan himoya qilishda qo&l kelishini tushunib yetishgan. Bu yerdagi o&rmonlarda chumolilar ini avaylab saqlanadi. Ulardan bazilarining yoshi asrlar bilan o&lchanadi. Balandligi esa 2 metrga boradi. Eston olimlari foydali chumolilarni yosh o&rmonlarga ko&chirib o&tkazish ishlarini muvofaqiyatli ravishda xal etmoqdalar. Foydali hasharotlarni muhofaza qilishda respublikamizda tashkil etilgan Chotqol, Zomin kabi qo&riqxonalar alohida ahamiyatga ega. Har ikki yilda bir marta xalqaro tabiatni muhofaza qilish tashkilotlarining hasharotlarni muhofaza qilish bo&yicha yig&ilishi Arevan shahrida o&tkazilib turadi. Biz zararlanishni oldini olishda ko&plab hasharotlardan foydalanishimiz mumkin. Yaydoqchi gabrobrakon - Brakonidalar oilasi vakili

hasharotlar lichinkalarida parazit hayot kechiradi. Ko&pincha tangachaqanotlilar qurtida ana shunday parazitlik qiladi. Endofag brokonidlar erkin harakat qiladigan yoki vaqtinchalik falaj bo&lgan xo&jayinlarida yashaydi, egzofaglar esa aksincha o&ljasini to&laligicha yoki uzoq muddat shol qilib qo&yadi. Gabrobrakon urug&i esa ikkinchi guruhga taaluqli bo&lib qishloq xo&jaligi bosh zararkunandasi hisoblangan paxta qurti lichinkasiga qiron keltiradi. Gabrobrakon shuningdek tangachaqanotlilarning boshqa turlarida jumladan zararkunanda parvona kapalagida hham parazitlik qiladi. Gabrobrakonni ko&p miqdorda ko&paytirganda ana shundan foydalaniladilar. Yaydoqchi odatda tirik qurtlarga hamla qiladi. Laboratoriya sharoitida aniqlanishicha gabrobrakon boshqa yaydoqchilar tuxum qo&ygan qurtlarga ham o&zi tuxum qo&yadi. Gabrobrakon zahari turli hasharotlarga turlicha ta&sir ko&rsatadi.

Qisqa ixtisoslashgan tur sifatida qonli bitning paraziti afelinusni ko&rsatish mumkin. Afelinusni qonli bitga qarshi qo&llash uchun bahorda aprelning quruq va issiq kunlarida, qishda saqlangan qalamchalar bog&larida bit o&rnashib olgan daraxtlarga gektariga 15-20 qalamcha taxminan 1000 dona afelinus hisobidan ilib qo&yiladi. Bundan tashqari zararkunandalarga qarshi kurashishda bacterial preparatlardan ham foydalaniladi. Hozirgi vaqta sanoat asosida 30 ga yaqin bacterial preparatlar ishlab chiqarish yo&lga qo&yilgan preparatlar ta&siri u bilan ishlangan ozuqani hasharotlar yegandan keyin kuzatiladi, bu preparatlar ham biozararlanishning oldini olishda yaxshi yordam beradi. Entomopatogen zamburug&lar preparatlari asosida zamburug&lar bo&lgan biopreparatlar keng doirada ta&sir etish xususiyatiga egadir. Ular zararkunandalarga kontakt ta&sir etadi, shuning uchun so&ruvchi zararkunandalarini va zararli hasharotlarning oziqlanmaydigan fazalarini ham shikastlaydi. Zamburug& preparatlari hasharotlar, nematodalarga qarshi ishlatiladi. Endopatogen viruslar preparatlari bakulo viruslar asosida ishlab chiqariladi. Bu guruh entomopatogen viruslarning yuqori sepetsifikligi tufayli ularning ta&siri muayyan zararkunandaga afzalroq bo&lib odatda hasharotlarning nomi virus preparatini aks ettiradi.

Xulosa qilib aytganda zararkunandalar va turli kasalliklar yer yuzida ulkan ofat hisoblanib, ular qishloq xo&jalik o&simliklari rivojlanishi davrida va mahsulotlarni saqlash davomida hosilning juda katta qismi yo&qotilishiga sabab bo&ladi. Zararkunanda hasharotlar va boshqa bo&g&imoyoqlilarga qarshi kurashda kimyoviy usul jahon tajribasida keng qo&llanilsada, ammo bundan insekto-akaritsidlar yetarli daradajada tanlab, ta&sir etish xususiyatiga ega emasligi aniqlandi, ya&ni pestitsidlar biologik agentlarni, birinchi navbatta zararkunandalar ommaviy rivojlanishning oldini oladigan tabiiy kushandalarni hisoblangan entomofag hasharotlar, qushlar va boshqalarni qirib yoqotadi. Bundan tashqari kimyoviy preparatlar zararkunanda hasharotlarga ta&sir ko&rsatilganda bunday preparatlarga qarshi ularda moslashish

paydo bo&la boshlaydi va hech qanday kimyoviy preparatlar ularni yo&q qila olmaydi. Shunday ekan biz turli xildagi kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashda tabiiy tabiatga hech qanday zarar yetkazmagan holda ularga qarshi kurashishimiz kerak. Shundagina biz biozararlanishning oldini olgan bo&lamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Boltayev va boshqalar. G&o&za zararkunandalariga qarshi biolaboratoriyalarda hasharotlarni ko&paytirish va qo&llash asoslari. (O&quv qo&llanma). "Talqin" nashriyoti. Toshkent 2007.
2. Xamraev A.SH., X.X.Kimsanboyev va boshqalar. - "Biozararlanish" (o&quv qo&llanma). ToshDAU nashr taxririyati. Toshkent 2009.
ekologiya hasharotlar integrallashgan metodlar agrotexnik usul qisqa ixtisoslashuv ecology insects integrated method agrotechnical method short specialization
Другие работы в данной теме:
Контакты
Обратная связь
support@uchimsya.com
Учимся
Общая информация
Разделы
Тесты