Спросить
Войти
Категория: Литература

O’QUVCHILARNI MURAKKAB MATNLI MASALALARNI YECHISHGA O’RGATISH

Автор: Voxidov Ulug'Bek Burhonovich

O&QUVCHILARNI MURAKKAB MATNLI MASALALARNI YECHISHGA

O&RGATISH

Voxidov Ulug&bek Burhonovich Sirdaryo viloyat Xovos tuman 5-sonli maktab

Annotasiya: Ushbu maqolada umumta&lim maktablarida matematika darslarida o&quvchilarni murakkab matnli masalalarni yechishga o&rgatish bayon etilgan.

Kalit so&zlar: matematika, masala, o&quvchi, matnli masala.

TEACHING PUPILS TO SOLVING COMPLEX TEXT PROBLEMS

Voxidov Ulug&bek Burhonovich School №5, Syrdarya district, Syrdarya region

Abstract: This article describes how to teach students how to solve complex text problems in mathematics classes in high schools.

Masala - bu kundalik hayotimizda uchraydigan vaziyatlarning tabiiy tildagi ifodasidir. Masala asosan uch qismdan iborat bo&ladi.

1. Masalaning sharti - o&rganilayotgan vaziyatni xarakterlovchi ma&lum va no&malum miqdoriy qiymatlar hamda ular orasidagi miqdoriy munosabatlar haqidagi ma&lumot demakdir.
2. Masalaning talabi - masala shartidagi miqdoriy munosabatlarga nimani topish kerakligini ifodalash demakdir.
3. Masalaning operatori - masala talabini bajarish uchun shartdagi miqdoriy munosabatlarga nisbatan bajariladigan amallar yig&indisi.

Murakkab masalalarni yechish, uni sodda masalalarga ajratish va shu sodda masalalarni yechishga keltiriladi.

Murakkab masalalarni yechish qo&yilgan savolga ma&lumot tanlash mashqlari bilan boshlanadi. Masalan: «Poezd 10 soatda qancha masofani o&tganligini topish uchun yana nimani bilish kerak?», «3 l sut uchun qancha pul to&landi?», «Polizni chopish uchun 5 fermer xo&jalik necha ish kuni sarf qilishdi?» va hokazo. Savollarni mana bunday shaklda ham qo&yish kerak: «Maktabning beshinchi sinflaridagi o&quvchilar sonini xisoblash uchun nimani bilish kerak?», «Bir nechta kostyum tikish uchun material sotib olish kerakligini qanday ma&lumotlardan topish mumkin?» va hokazo. O&quvchilar ma&lumotlarni aytishlari, ularning son qiymatlarini

ko&rsatishlari, masalani yechadigan amalni aniqlashlari, shuningdek, masalaning yechilishini tekshirishlari kerak.

O&quvchilar tarkibida bir necha ma&lum sonlar va bir necha izlangan sonlar bo&lgan murakkab masalani yechishda bu murakkab masala ajraladigan sodda masalalarni tuzishda qiynalib qolmasliklari uchun 2 ta yoki 3 ta sodda masaladan tashkil topgan murakkab masalalar tuzishni mashq qilishlari foydalidir. Buning uchun o&quvchilarga birin-ketin ikkita sodda masala beriladi, bu masalalardan birining javobi ikkinchisining son ma&lumotlaridan biri bo&ladi. So&ngra ikkala masala oraliqdagi savolni tashlab o&qiladi.

Masalan:

1-masala. Baliq ovlaydigan kema 4 oyda 162,8 t kilka ovladi. O&quvchilar: kema o&rta hisobda bir oyda necha tonna baliq ovlagan, degan savol qo&yadilar, amalni aytadilar (bo&lish) va uni bajaradilar: 162,8 t : 4 = 40,7 t.
2-masala. Baliq ovlaydigan kema norma bo&yicha bir oyda 25 t baliq ovlashi kerak edi, u bir oyda o&rta hisobda 40,7 t kilka ovladi. Kema o&rta hisobda bir oyda rejadan tashqari necha tonna kilka ovlagan?

Ikkinchi masala ayirish bilan yechiladi:

40,7m - 25m = 15,7m.

So&ngra ikkala masalaning shartlari bitta qilib birlashtiriladi, birinchi masalaning savoli tashlanadi. Bunday masala kelib chiqadi.

Baliq ovlaydigan kema 4 oyda 162,8 t kilka ovladi. Oylik norma 25 t. Kema o&rta hisobda bir oyda rejadan tashqari necha tonna kilka ovlagan?

Yechim bunday yoziladi:

1) 162,8 t : 4 = 40,7(t);
2) 40,7-25=15,7 (t).

Murakkab masalaning yechilishi quyidagi qismlardan iborat:

1) masalaning mazmunini o&quvchilar tushunib olishi;
2) masalani tahlil qilish va reja tuzish (murakkab masalani sodda masalalarga ajratish va yechish rejasini tuzish);
3) masalani yechish (amallar tanlash, ularni bajarish, yechishning borishini va hisoblashlarni yozish);
4) yechishni tekshirish.
1-masalaning mazmunini o&zlashtirish uchun o&quvchilar bilan quyidagi usulni tajriba qilib qurish mumkin. O&qituvchi masalaning raqamini aytadi va o&quvchilarga masalaning shartini ovoz chiqarmasdan o&qib chiqishni, shartlarini tushunib olishni buyuradi. Shundan keyin chaqirilgan o&quvchi masalaning shartini takrorlaydi. Bu usul o&quvchilarni kitobdan mustaqil foydalanishga o&rgatadi.
2-masala. A shahardan B shaharga bir vaqtda Matiz, Spark va Lasetti yo&lga chiqdi. Lasetti B shahargacha yetib borib tezda orqaga qaytdi. B shahardan 18 km

yurib Sparkni, 25 km yurib esa Matizni uchratdi. Spark B shahargacha yetib borib tezda orqaga qaytdi va B shahardan 8 km yurib Matizni uchratdi. A shahardan B shahargacha bo&lgan masofa necha km?

Yechish: V± — Lasetti, V2 — Spark, V3 — Matiz tezligi, S-masofa

5-18 5+18 5-25 5+25 5-8 5+8

V2 vt & V3 Fi V3 V2 &

V1 _ 5+18 v -S-25. V2 _ 5+8

V2 5-18& V1 5+25& V3 5-8&

TT i i i i < i VI V3 F2 5+18 5-25 5+8

Hadma-had ko paytirsak:-----------;

^ J V2 V3 5-18 5+25 5-8&

(5 + 18)(S + 8)(5 — 25) = (5 — 18)(S — 8)(5 + 25)

2S2 = 144 • 50 S2 = 144 • 25

S = 12 • 5 5 = 60 Javob: 60 km

3-masala. Motorli qayiq birinchi marta oqim bo&yicha 60 km, oqimga qarshi 30 km yurish uchun 7 soat sarfladi. Ikkinchi marta oqim bo&yicha 30 km va oqimga qarshi 20 km yurish uchun 4 soat sarfladi. Motorli qayiqning turg&un suvdagi tezligi va oqimning tezligini toping?

Yechish: Qayiqning turg&un suvdagi tezligi - x km/h; oqim tezligi - y fcm/ñ. deb belgilaylik.

f 60 30 _ 7

X+q X2q Agar = u; = v deb belgilasak,

+ = 4 *+y *-y

Vx+y x-y

f60u + 30v = 7 ix + y = 15

{30u + 20v = 4 ^ U = 15; v = io; (x - y = 10 ^

x = 12,5——; y = 2,5& , h h

Javob: Qayiqning turg&un suvdagi tezligi 12,5 fcm/h; oqim tezligi 2,5 fcm/h 4-masala. Hovuzga 2 ta quvur o&tkazilgan. Birinchi quvur bo&sh hovuzni 10 soatda to&ldiradi. Ikkinchisi esa 15 soatda bo&shatadi. Hovuz bo&sh bo&lgan vaqtda ikkala quvur birdaniga ochilsa, hovuz necha soatdan keyin to&ladi? Yechish: Hovuzni 1- quvur x soatda to&ldirsin,

2-quvur esa y soatda bo&shatsin, quvurlar bir vaqtda ochilsa, hovuz t soatda 1 1 1

to&lsin. U holda---= - tenglik o&rinli bo&ladi, bunda x =10, y =15 , t =?

1 1 1 3-2 = ^ , t = 30

t 10 15 30 30

Javob: 30 soat

5-masala. 20 % li va 40 % li eritmalar aralashtirilib, 34 % li 500 gramm eritma hosil qilindi.

Har bir eritmadan necha grammdan aralashtirilgan. Yechish: = 20 ; P2 =40 ; P1+2 = 34 ; V1 = V2 =?

{ 500 ^ - { T1 , T/2 cnn ^ ^ = 350

Ivi + V2 = 500 Ui + ^ = 500 2

V1 = 500- 350 = 150 Javob: 150g ,350g

Maqolada matematika darslarida o&quvchilarini tenglamalar tuzib masalalar yechishga o&rgatish metodikasini, algebraik materiallarni o&rgatishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish usullari ko&rsatib berildi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Azizxodjayeva N.H "Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat"-Toshkent.: TDPU, 2003, 174 bet.
2. Jumayev M.E. va boshqalar. Matematika o&qitish metodikasi (kasb-hunar kollejlari o&quvchilari uchun o&quv qo&llanma) - T.: "Ilm-Ziyo", 2003, 240-bet
3. Jumayev M.E. „Matematika o&qitish metodikasidan praktikum"- Toshkent.: O&qituvchi, 2004, 328 bet.
4. Jumayev M.E. Bolalarda matematika tushunchalarni shakllantirish nazariyasi.-T.: "Ilm-Ziyo", 2005, 240-bet

References

1. Azizxodjayeva N.H "Pedagogik texnologiya va pedagogik maxorat"-Toshkent.: TDPU, 2003, 174 bet.
2. Jumayev M.E. va boshqalar. Matematika o&qitish metodikasi (kasb-hunar kollejlari o&quvchilari uchun o&quv qo&llanma) - T.: "Ilm-Ziyo", 2003, 240-bet
3. Jumayev M.E. „Matematika o&qitish metodikasidan praktikum"- Toshkent.: O&qituvchi, 2004, 328 bet.
4. Jumayev M.E. Bolalarda matematika tushunchalarni shakllantirish nazariyasi.-T.: "Ilm-Ziyo", 2005, 240-bet
matematika masala o’quvchi matnli masala mathematics problem student text problems
Другие работы в данной теме:
Контакты
Обратная связь
support@uchimsya.com
Учимся
Общая информация
Разделы
Тесты