Спросить
Войти
Категория: Литература

ONA TILI DARSLARIDA O’QUVCHILAR NUTQINI O’STIRISHNING SHAKL VA VOSITALARI

Автор: Jumayeva Zulxumor Fayzulloyevna

ONA TILI DARSLARIDA O&QUVCHILAR NUTQINI O&STIRISHNING

SHAKL VA VOSITALARI

Jumayeva Zulxumor Fayzulloyevna j umayevazulxumor3 @gmail .com Buxoro viloyati Kogon shahar 4-umumiy o&rta ta&lim maktabi

Annotatsiya: Maqolada nutq o&stirish tushunchasi, o&quvchilar nutqini o&stirishning mavjud ahvoli, ona tili darslarida nutq o&stirishning shakl va vositalari, nutq o&stirishda noan&anaviy usullardan foydalanish haqida so&z yuritiladi.

Kalit so&zlar: nutq, nutq o&stirish, erkin fikrlash, so&z, bog&lanishli nutq

FORMS AND METHODS OF STUDENT SPEECH GROWTH IN MOTHER

TONGUE CLASSES

Jumayeva Zulhumor Fayzulloyevna j umayevazulxumor3 @gmail .com Bukhara region Kagan city 4-general secondary school

Abstract: The article discusses the concept of speech development, the current state of student speech development, froms and means of speech development in mother tongue lessons, the use of non-traditional methods of speech development.

Ona tili ta&limi bolalarning tafakkur qilish faoliyatini kengaytirishga, erkin fikrlay olishi, o&zgalar fikrini tinglashi, o&z fikrlarini og&zaki va yozma ravishda ravon bayon eta olishi, jamiyat a&zolari bilan erkin muloqotda bo&la oladigan ko&nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu o&rinda ona tili ta&limiga o&quv fani emas, balki butun ta&lim tizimini uyushtiruvchi ta&lim jarayoni sifatida qaraladi.

Nutq-kishi faoliyatining turi, til vositalari (so&z, so&z birikmasi, gap) asosida tafakkurni ishga solishdir. Nutq o&zaro aloqa va xabar, o&z fikrini his-hayajon bilan ifodalash va boshqalarga ta&sir etish vazifasini bajaradi.

Yaxshi rivojlangan nutq jamiyatda kishi faoliyatining muhim vositalaridan biri sifatida xizmat qiladi. O&quvchi uchun esa nutq maktabda muvaffaqiyatli ta&lim olish qurolidir.

Nutq o&stirish nima? Agar o&quvchi va uning tilidan bajargan ishlari ko&zda tutilsa, nutq o&stirish deganda tilni har tomonlama faol amaliy o&zlashtirish tushuniladi. Agar o&qituvchi ko&zda tutilsa, nutq o&stirish deganda, o&quvchilarning tilning

talaffuzi, lug&ati, sintaktik qurilishi va bog&lanishli nutqni faol egallashlariga yordam beradigan metod va usullarni qo&llash tushuniladi.

Nutq o&stirishda uch yo&nalish aniq ajratiladi: 1) so&z ustida ishlash; 2) so&z birikmasi va gap ustida ishlash; 3) bog&lanishli nutq ustida ishlash.

Ko&rsatilgan uch yo&nalish parallel olib boriladi: lug&at ishi gap uchun material beradi; so&z, so&z birikmasi va gap ustida ishlash bog&lanishli nutqqa tayyorlaydi. O&z navbatida bog&lanishli nutq hikoya va insho lug&atini boyitish vositasi bo&lib xizmat qiladi.

Yozma nutqni rivojlantirish og&zaki nutqqa qaraganda ancha murakkab jarayon sanaladi. Chunki u o&quvchilardan grammatik va mazmun jihatidan to&g&ri jumla qurishni, har bir so&zni o&z o&rnida to&g&ri qo&llashni,fikrni ixcham, izchil, ifodali, uslub jihatidan sodda va ravon ifodalashni, bayon qilingan fikrlar sosida xulosalar chiqarishni talab etadi. Bu nutqning murakkab tabiati yana shundaki, u imlo, tinish belgilari va uslub bilan bog&liq. So&zni to&g&ri yozish, tinish belgilarini o&rinli qo&llash, fikrni uslub talabiga muvofiq bayon qilish o&quvchidan katta mas&uliyatni talab etadi. Shu sababli nutqning bu turi ancha sekin va murakkab kechadi.

Yozma nutqning o&ziga xos xususiyatlaridan yana biri uni tekshirish, tuzatish, takomillashtirish mumkinligidir. Bu jihatdan u og&zaki nutqqa qaraganda ancha qulay imkoniyatlarga ega. O&quvchi yozma nutqdagi xato va kamchiliklar ustida ishlaydi, ularni bartaraf etadi, keyingi ishlarida bu xato va kamchiliklarga yo&l qo&ymaslikka intiladi.

O&qituvchi shuni ham unutmaslik lozimki, ko&pincha o&quvchilar yozma ishlarda imlo va tinish belgilariga katta e&tibor berib, matnning mazmuni ustida yetarli ish olib bormaydilar. Matnlarda ko&pincha mavzuga aloqasi bo&lmagan fikrlar ustunlik qilib, asosiy fikr e&tibordan chetda qoladi. Shuning uchun ona tili mashg&ulotlarida o&quvchilar diqqati faqat imlo va tinish belgilariga emas, balki bayon qilinayotgan fikrning asosli dalillarga ega bo&lishi, materialning to&g&ri joylashtirilishi, fikrning nutq sharoitiga mos holda to&g&ri bayon qilinishiga ham qaratilishi lozim.

Ona tili mashg&ulotlarida shunday holatni vujudga keltirish lozimki, o&quvchi yaratgan matnidan qoniqish hosil qilsin. Bu uni o&z nutqini takomillashtirib borishga ilhomlantiradi.

O&quvchilar mustaqil ravishda ijodiy fikrlasalar fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og&zaki, yozma shakllarda to&g&ri, ravon ifodalay olsalar, demak, ona tili mashg&ulotlari samarali o&tgan bo&ladi.

O&zbekiston Xalq ta&limi vazirligi, viloyatlarning xalq ta&limi boshqarmalari olib borgan tekshirish natijalari, shuningdek shaxsiy kuzatish va tajribalarimiz bizni o&quvchilar nutqining rivojlanganlik darajasi hali talabga javob bermaydi degan xulosaga olib keladi. Bolalar maktabda o&qish davomida 750 dan ziyod har xil grammatik tushuncha va ta&riflarga duch keladilar, 6500-7000 atrofida turli hajm va

murakkablikdagi topshiriqlarni bajaradilar, ammo ularning nutqida sezilarli o&zgarishlar ko&zga tashlanyapti. Ko&pchilik o&quvchilar ijodiy fikrlash , fikr mahsuli og&zaki va yozma ravishda to&g&ri ifodalashga qiynaladilar; o&zbek adabiy tilining boy imkoniyatlarini nutqiy jarayonlarda qo&llay olmaydilar. Buning sabablarini aniqlash uchun bolalarning nutqiy taraqqiyotini belgilovchi omillar: ularning so&z boyligi, so&z va so&z birikmalaridan gapda o&rinli foydalanish mahorati, gapni grammatik jihatdan to&g&ri qurish malakalari, fikrni turli nutq uslublarida to&g&ri, ixcham, ravon, tushunarli bayon qilish ko&nikmalari kabilarni alohida-alohida tahlil qilishga to&g&ri keladi.

O&quvchi nutqining muhim ko&rsatkichlaridan biri uning so&z boyligidir. Pedagogik adabiyotlarda berilgan ilmiy ma&lumotlarga qaraganda, 2 yoshli bolalar 30dan 100 gacha, 4 yoshli bolalar 1000 dan 4000 gacha, 7 yoshli bolalar 3000 dan 7000 gacha, 10-11 yoshli bolalar 8000 dan 15000 gacha, 14-15 yoshdagilar 11000 dan 18000 gacha so&zni bilishlari lozim. Ammo, afsuski, ona tili mashg&ulotlarida fikrni og&zaki va yozma shaklda bayon qilish zaruriyati tug&ilganda o&quvchilardagi so&z qashshoqligi darrov sezilib qoladi. Nutqda so&zlarni takroriy qo&llash, berilgan so&zni uning ma&nodoshi, uyadoshi va qarama-qarshi ma&noligi bilan almashtira olmaslik, ma&lum bir sohaga qarashli so&zlar lug&atini tuzishda uchraydigan qiyinchiliklar, shubhasiz, o&quvchilarning so&z boyligi yetarli emasligidan dalolat beradi.

Ona tili mashg&ulotlarida o&quvchilar nutqining rivojlanishini qiyinlashtirayotgan omillardan yana biri o&quvchilarning uyda , ko&chada yoki sinfdan tashqari paytlarda tojik, turkman, qirg&iz yoki boshqa (sheva) tilda so&zlashib, maktabda o&zbek tilida o&qishidir. Etnografik ma&lumotlar shuni ko&rsatadiki, jumhuriyatimiz hududida juda ko&p tojiklar, turkmanlar, qirg&izlar, qozoqlar yashaydi. Ularning ko&pchiligi uyda tojik, qirg&iz va hokazo tilda so&zlashib, maktabda o&zbek tilida o&qishdi. Bu hol, shubhasiz, o&quvchilarda tilning boy imkoniyatlaridan foydalangan holda o&z fikrini erkin bayon qilish imkoniyatini chegaralaydi.

Yuqorida sanab o&tilgan salbiy omillardan tashqari ona tilimizdan sinfdan va maktabdan tashqari olib boriladigan ishlarning mundarija va mazmun jihatdan bo&shligi, yagona nutq rejimiga hamisha ham rioya qilmaslik, ota-onalarning bola nutqi ustida yetarli ishlamasligi kabi o&quvchilarning og&zaki va yozma nutqini rivojlantirishga salbiy ta&sir qiladi.

Xullas, o&quvchi nutqini rivojlantirish murakkab jarayon bo&lib, unga monelik qilayotgan omillar ham faqat ta&lim mazmuni yoki o&qituvchigagina bog&liq emas. Barcha imkoniyatlar to&laligicha ishga solinsagina fikrni og&zaki va yozma ravishda to&g&ri, ravon ifodalashga o&rgatish jarayoni oson kechadi. O&quvchi nutqini rivojlantirishga keng yo&l ochadi.

Bizga ma&lumki, o&quvchilar bir xillikdan zerikadi. Shuning uchun ularni nutqini o&stirishda doimo har xil metod va o&yinlardan foydalanish lozim. Quyida shulardan ba&zilarini misol tariqasida keltiraman.

"Hikoya"

O&qituvchi xattaxtaga Ыг nechta so&z yozib qo&yadi. Masalan: Nafisa, soat, yomg&iï, kitob kabi. O^uvchito mustaqil ravishda shu so&z^ ishtiгokida hikoya tuzadilar.

"O&zara bog&liqlik"

O&quvchilarga rasmli kartochkalar tarqatiladi. Ular kartochkalar bilan tanishib chiqqach, o&quvchi rasmdagi pгedmet haqida gapirib beгadi.

Masalan: "Bu olma. Olma bog&da o&sadi va mevala^a kiradi. Uni o&quvchilaг juda yaxshi ko&rishadi" Keyin ikkinchi bola ham o&zidagi predmet haqida gapiradi va o&zidagi predmet bilan birinchi o&quvchidagi predmetni o&zara bog&liqligini aytishi kerak.

Masalan: "Bu quyosh. Quyosh chiqsa havo isiydi. Uni o&quvchila- yaxshi ko&rishadi. Quyosh isitib tosa, olma va boshqa meva^ pishadi" Keyin uchinchi o&quvchi o&zidagi predmet haqida gapiradi va ikkinchi boladagi predmet bilan o&zidagi predmet orasidagi bog&liqlikni topishi kerak. O&yin shu tartibda davom etadi.

"Umumiylikni izlash"

O&quvchilaг aylana qurib o&tiгadilaг. Olib boгuvchi o&quvchilaráan biгiga to&pni otayotib, bir-biгi bilan bog&lanmagan ikkita so&zni aytadi. Masalan: maktab va o&quvchi, kitob va javon, quyosh va gul... To&pni tutib olgan o&quvchi so&z juftligi orasidan umumiy belgini aytib to&pni qaytaradi.

"Safaг"

O&quvchilaгga maktabdan yoki uylaridan ma&lum biг joygacha bo&lgan yo&lini tasviгlash topshiгig&i beгiladi. O^uvchi^ biг necha kun davomida "obyekt"ni mustaqil kuzatadilar va uni og&zaki tasviriab beгadilaг. Sinchkovlik, ziyгaklik, kuzatuvchanlik, atrof-muhitga diqqat-e&tiboг talab etiladigan bu o&yin vositasida Vatanni sevish, tabiatga muhabbat, chor-atrofga e&tiboгli bo&lish hislarini taгbiyalash mumkin. Bundan tashqaгi, mazkrn- o&yinlaгdan foydalanganda o&quvchilaming nutqi rivojlanadi, lug&at boyligi yanada ortadi, mustaqil fikrlash malakasi shakllanadi.

Yuqoгida keltirilgan ta&limiy o&yinlaг o&quvchilaming daгsda faolligini oshirish bilan biгga bilimlami o&zlashtirish jaгayonini yengillashtiгish va mustahkamlash, nutq o&stirishga yo&naltiгilgan haг biг mashg&ulotni qiziqarii tashkil etishga xizmat qiladi.

Jamiyatimizni eгkinlashtiгish g&oyasi bevosita ta&lim jarayonida o&z ifodasini topib, uni yangidan tashkil qilish va mazmunini o&zgartirish, yanada insonparvarlashtirish, ijtimoiylashtirish va demokratlashtirish asosida ta&minlanadi.

Pгezidentimiz Shavkat Mimyoyev ta&kidlaganlaгidek, "Havas qilsa amydigan ulug& ajdodlaгimiz boг. Havas qilsa amydigan beqiyos boyliklaгimiz boг. Va men ishonaman, nasib etsa,havas qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz, buyuk adabiyotimiz va san&atimiz ham albatta bo&ladi".

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Abdullayeva Q. Nutq o&stirish. - T.:O&qituvchi, 1980.66-bet
2. Karimova V.M., Sunnatova R.I., Tojiboyeva R.N. Mustaqil fikrlash. -T.:Sharq, 2000. 110-bet
3. Muhiddinov A.G&. O&quv jarayonida nutq faoliyati. - T.: O&qituvchi, 1995. 78bet

References

1. Abdullayeva Q. Nutq o&stirish. - T.:O&qituvchi, 1980.66-bet
2. Karimova V.M., Sunnatova R.I., Tojiboyeva R.N. Mustaqil fikrlash. -T.:Sharq, 2000. 110-bet
3. Muhiddinov A.G&. O&quv jarayonida nutq faoliyati. - T.: O&qituvchi, 1995. 78bet
nutq nutq o’stirish erkin fikrlash so’z bog’lanishli nutq speech speech development free thinking word-related speech
Другие работы в данной теме:
Контакты
Обратная связь
support@uchimsya.com
Учимся
Общая информация
Разделы
Тесты